O‘zbekiston | 20:40 / 15.07.2017
13127
2 daqiqa o‘qiladi

IIV general-mayori Qozog‘iston IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov joriy yilning 15 iyul kuni Toshkent shahridagi "Turkiston" mehmonxona majmuida Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari politsiya general-leytenanti Marat Demeuov bilan uchrashdi.

Ushbu tashrif yaqinda bo‘lib o‘tgan MDH a'zo davlatlari ichki ishlar vazirlarining Kengash yig‘ilishida, O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlarining kelajakda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha bir qator masalalarni, jumladan tomonlarni qiziqtirgan hududiy muammolarni hal etish yuzasidan o‘zaro suhbatining mantiqiy davomidir. 
 
Terrorizm, separatizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaning turli ko‘rinishlariga, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishda ikki davlat ichki ishlar organlarining hamkorlik vazifalari rahbarlarning bugungi suhbatda asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda ikkitomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish doirasida fikr almashdilar. Tashrif kunining ikkinchi yarmida Qozog‘iston delegatsiyasi a'zolari Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

Mavzuga oid