Jahon | 22:57 / 15.07.2017
9267
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Tramp Rossiya bilan bog‘liq surishtiruvlarga qarshi yana bir advokatni yolladi

Foto: Jerry Cleveland/The Denver Post, via Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rasmiy vakillari bilan ehtimoliy aloqalariga doir surishtiruv ishlarida o‘z manfatlarini himoya qilishi uchun yana bir obro‘li advokat – Tay Kobbni yolladi. Kobb Vashingtondagi Hogan Lovells advokatlik idorasi xodimi bo‘lib, bu masalada davlat rahbarining shaxsiy yuristi Mark Kasovitsga yordam beradi. Kasovits o‘ziga topshirilgan majburiyatlarni uddalay olmayapti, deb yozadi The New York Times nashri.

Nashr manbalariga ko‘ra, Kobbning yollanganiga doir xabar Oy uy ulkan yengillik bilan qabul qilingan. Tay Kobb bir vaqtlar prokuror lavozimida ishlagan va Amerika adliyasining faxriysi hisoblanadi. Oq uy devoni fikricha, bu mutaxassis Trampni o‘z rejalari va qarorlari haqida yordamchilarini oldinroq xabardor qilishga ishontira oladi. Shu bilan, xodimlarning murakkab vaziyatga tushib qolishlari barham topadi va ular jurnalistlarga AQSh yetakchisining u yoki bu qadami xususida izoh berishga majbur bo‘lishmaydi. 

The New York Times gazetasi yozshicha, Kasovitsga nisbatan qarash shuki, u Vashingtonda emas, qat'iy ravishda Nyu Yorkda ishlaydi. Bu yurist Trampga haftasiga 7 kun vaqtini ajrata olmaydi. Bundan tashqari, Kasovits Trampni Rossiya bilan aloqalarga bog‘liq ishda himoya qilmaslikni tavsiya qilgan kishini nojoiz iboralar bilan tahdid qilib, o‘z obro‘siga putur yetkazdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid