Uchtepa tumanida gilam o‘g‘risi ushlandi
2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda muqaddam sudlangan Qobiljon Jo‘rayev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Uchtepa tumani hududida fuqaro Sarvinoz Zaxidovaga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan, yuvish uchun tayyorlanib, qarovsiz qoldirilgan ikki dona jami narxi 1.500.000 so‘mlik gilamlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
07:20 / 08.10.2024
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:10 / 01.10.2024
Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
07:40 / 28.09.2024
Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
16:34 / 13.09.2024