Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havai orollarida ko‘chani kesib o‘tish vaqti yozishish jarimaga tortiladi
Havai shtati poytaxti Honolulu shahri kengashi tasdiqlagan qonun loyihasiga ko‘ra piyodalarga ko‘chani kesib o‘tish chog‘ida telefon yozishmalari o‘qish va yozish taqiqlanadi. Agar shunday ish bilan mashg‘ul fuqaro ushlansa, unga 100 dollar jarima tayinlanadi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, piyodalarga ko‘chani kesib o‘tayotganida smartfoniga qarash ham taqiqlangan. Faqatgina avariya-qutqaruv xizmatlarini chaqirish yoki 911 raqamini terish bundan mustasno. Qolgan holatlarda aholi, qoidani necha marta buzganligiga qarab, 15 dollardan 100 dollargacha jarimaga tortiladi.
Kengash a'zosi va loyiha muallifi Brandon Elefantning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oyani unga mahalliy maktab o‘quvchilari berishgan.
"Yuqori sinf o‘quvchilari tengdoshlari ko‘chani kesib o‘tayotganida yon tomonlariga qarash o‘rniga smartfonidan ko‘z uzmay, turli noxush holatlarga sabab bo‘lib qolishayotganidan tashvishlangan. Zamonaviy texnologiyalar ba'zi hollarda insonlarni diqqat-eʼtiborli bo‘lishdan chalg‘itadi", — degan Brandon Elefante.
Qonun loyihasiga qarshi shahar kengashining faqatgina bir nafar a'zosi ovoz bergan. U shtatda bundan ham muhimroq muammolar, masalan, uysizlar soni va byudjyet tanqisligi borligini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026