Namangan safaridan fotoreportaj: aholi vakillari, ishchilar va yosh sportchilar bilan uchrashuvlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘lgandi.
Prezidentning feysbukdagi rasmiy sahifasida ushbu safardan fotoreportaj taqdim etilgan.
Shavkat Mirziyoyev tashrifning birinchi kuni viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishdi, xalq bilan muloqot qildi.
Tashrifning ikkinchi kuni prezident Namangan tumanidagi Merrymed Farm mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrining Islom Karimov ko‘chasida tashkil etiladigan madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishtirildi.
Davlat rahbari shaharning Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma obekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turlari bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan.
Prezident 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlar bilan muloqot qildi.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024