Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi 2019 yilda fazoga sayohat qiladi
2019 yilda Osiyo qit'asidagi mamlakatlardan birining fuqarosi Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji tarkibida fazoga ko‘tariladi. Bu haqda RIA Novostining xabariga ko‘ra, "Energiya" RKK bosh direktori Vladimir Solntsev ma'lum qildi.
"Yangi fazoviy sayyoh 2019 yilda XKSga uchadi. U tayyorgarlikdan o‘tmoqda. U Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi", — deb qayd etgan Solntsev.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, "Energiya" raketa –kosmik korporatsiyasi fazoviy sayyohlarni XKSga doimiy asosda yuborish amaliyotini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
"Biz fazoviy sayyohlarni tanlaydigan kompaniya bilan shartnoma imzolaganmiz. 2019 yilda bu amaliyotni doimiy asosda yo‘lga qo‘yish uchun sayyohlarga mo‘ljallangan birinchi fazo kemasini tayyorlaymiz", — degan "Energiya" RKK bosh direktori.
2001 yildan beri fazoga sayyohlik parvozlari uchun nomzodlarni Space Adventures kompaniyasi tanlab kelgan. Birinchi fazoviy sayyoh sifatida amerikalik tadbirkor Dennis Tito tarixda qoldi. U 2001 yili Rossiyaning "Soyuz TMA-32" fazo kemasida XKSga uchgan edi.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025