Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada hukm surayotgan jaziramada 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Yaponiyada 10 iyuldan beri davom etayotgan issiq ob-havo sharoiti tufayli 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 7,68 ming kishi shifoxonalarga keltirilgan. Bu haqda Yaponiya tez tibbiy yordam xizmati ma'lum qildi.
Bu bir hafta avval qayd etilgan ko‘rsatkichdan 1,8 marta ko‘pdir, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Shifoxonalarga olib borilganlardan 170 nafari uzoq muddatga olib qolingan. 2,5 mingdan ortiq kishiga birmuncha qisqa muddatlarga yotqizilgan. Jabrlanganlarning deyarli yarmi (49,5 foizi) 65 yoshdan katta kishilardir.
O‘tgan haftada mamlakat hududi bo‘ylab issiq harorat hukm surdi. Havo harorati +35 daraja atrofida bo‘ldi. Bu hafta mobaynida ham jazirama saqlanishi kutilmoqda.
Yaponiyada 600dan ortiq kishi jazirama tufayli shifoxonaga yotqizildi
Mavzuga oid
22:52 / 30.06.2026
Konditsionersiz uydagi haroratni pasaytirishga yordam beradigan 5 ta samarali usul
22:02 / 29.06.2026
Quyosh urganda nima qilish kerak? - shifokor maslahatlari
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
23:45 / 27.06.2026