Yaponiyada hukm surayotgan jazira havo harorati tufayli 610dan ortiq kişi şifoxonalarga yotqizildi. NHK telekanalining xabar qilişiça, mamlakatning 47 prefekturasida 613 kişi issiq urişidan şifoxonalarga olib kelingan.
Jabrlanganlarning aksariyati Saitama (55 kişi), Fukuoka (47 kişi), Osaka (40 kişi) prefekturalariga töğri keladi. Tokioda 29 kişi jabrlangan.
17 iyulda ayrim mintaqalarda havo harorati 37 darajagaça kötarilgan. Xususan, Gumma prefekturasi şaharlarida harorat 37,1 darajagaça qizigan. Saitama va Oitada 36 daraja, poytaxt Tokioda 35 darajaga yetgan.
Meteorologlarning ogohlantirişiça, jazira havo haroratii 18 iyulda ham saqlanib qoladi. Şu munosabat bilan mutaxassislar fuqarolarga havo sovutgiçlardan foydalaniş, oçiq havoda köp qolmaslik hamda köproq suv içişni tavsiya qilişmoqda.












