Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT ishlari bo‘yicha Hindiston milliy koordinatori O‘zbekistonga keldi
2017 yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Departamenti direktori, ShHT ishlari bo‘yicha Hindiston Milliy koordinatori Madhumita Hazarika Bhagat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ShHT joriy faoliyatining kun tartibi, tomonlarning Toshkent shahrida turli darajalarda o‘tkaziladigan bo‘lajak tadbirlarda ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.
Hazarika Bhagat o‘zining ShHT ishlari bo‘yicha Hindiston Milliy koordinatori sifatidagi faoliyati boshlangani haqida so‘zlab berdi hamda O‘zbekiston tomoniga Hindistonning tashkilotga to‘laqonli a'zoligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishida o‘z mamlakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etdi.
Mazkur safar doirasida Hazarika Bhagatning Toshkent shahrida joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasiga tashrif buyurishi va uning faoliyati bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026