Raqamlar so‘zlaganda: Toshkent chorrahalaridagi kameralar haydovchilarni tarbiyalamoqda
YHXQni buzish holatlarining oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida 14-20 iyul kunlari davomida YHX xodimlari tomonidan 16 ming 847 ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 3 ming 423 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qayd etish joizki, 23-29 iyun kunlari (qariyb 4 hafta avval) bu raqam 7468 tani tashkil etgan.
Shundan 2 ming 21 tasi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 1 ming 402 ta tezlikni belgilangan me'yordan oshirish sifatida qayd etilgan.
Videokuzatuv kameralari tomonidan qoidabuzarliklarni qayd etish yo‘lga qo‘yilgan 15 martdan joriy kunga qadar jami 170 ming 340 ta qoidabuzarliklar ro‘yxatga olingan. Ularning 79 ming 567 tasi tezlikni belgilangan me'yordan oshirish holati
90 ming 773 ta qizil chiroqdan o‘tish holatlari aniqlangan.
Toshkent IIBB rasmiy vakili D.Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, hafta davomida 22 ta YTH sodir bo‘lib, halok bo‘lganlar 8 nafarni, jarohatlanganlar 24 nafarni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida 36 ta YTH sodir bo‘lib, 9 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 47 kishi tan jarohati olgan edi.
Umuman, kuzatuv kameralari joriy etilgandan so‘ng YTHlar soni 455 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 188 taga, hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 kishini tashkil etib, 25 kishiga, tan jarohati olganlar soni 520 kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 246 kishiga kamaygan.
Mavzuga oid
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – yasama jinoyatda ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024
Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi
14:17 / 27.08.2024