Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Suriyada Putin g‘alaba qozondi» - Tramp MRBning Suriyadagi muxolifatga doir dasturini yopdi
AQSh prezidenti Donald Tramp MRBning Suriyada muxolifatni qurol-yarog‘ bilan ta'minlash va harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturini yopdi, deb yozmoqda The Washington Post manbalarga asosan.
Ta'kidlanishicha, bu dastur 2013 yildan beri amal qilgan va AQSh sobiq rahbari Barak Obama ma'muriyati tomonidan Suriyaning amaldagi rahbari Bashar Asadga bosim ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga, Rossiya 2015 yilda Suriyaga qo‘shinlarini yuborganidan so‘ng, bu dasturning samaradorligi so‘roq ostida qoldi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Suriya muxolifatiga yordamni to‘xtatish haqidagi qarorga MRB rahbari Mayk Pompeo va o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi general Gerbert Makmaster bilan uchrashuvdan so‘ng kelgan. Bu Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan ilk bora ko‘rishishidan avval yuz bergan.
Nashrning ta'kidlashicha, Tramp shu orqali Moskva bilan Suriyadagi sulh haqida kelishuvga erishish niyatida. AQSh ma'muriyatining nomi oshkor etilmagan vakillaridan birining ta'kidlashicha, dasturning yopilishi «Suriyada Putin g‘alaba qozonganini bildiradi».
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026