O‘zbekiston | 19:10 / 20.07.2017
6802
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBB fuqarolarga murojaat qiladi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling

Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 6 oy 10 kuni davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jinoyatlar 12 foizga kamayib, jami 977 tani tashkil etgan. Shu jumladan, qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga tan jarohati yetkazish, o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalari, avtoulovlardan o‘g‘irlik, avtotransport vositalarini olib kochish, tovlamachilik, talonchilik, bezorilik, odam savdosi kabi jinoyatlar kamaygan. 

Shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar orasida turli OAV orqali tushuntirish ishlari olib borilayotganiga qaramay, afsuski, firibgarlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda. Hisobot davri mobaynida firibgarlik alomatlari bilan bog‘liq jinoyatlar 293 taga oshgani kuzatilgan. 

Shu munosabat bilan shahar IIBB fuqarolarga murojaat qilib, turli insonlarning har xil va'dalariga ishonmaslikka, sherikchilik yoki boshqa biror ishlarni amalga oshirishdan avval huquqshunoslardan maslahat olishni tavsiya qilib qoladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid