Jahon | 23:35 / 21.07.2017
4583
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2016 moliya yili uchun Pokistonni harbiy kompensatsiyalar miqdorining yarmisidan mahrum qiladi

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis 2016 moliya yilida Amerika harbiy operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaganlik uchun Pokistonga beriladigan kompensatsiyalarning deyarli yarmisini ushlab qolishga qaror qildi.

Bunga sabab qilib, bu mamlakatning «Haqqoniy tarmog‘i» terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda yetarli darajada sa'y-harakat qilmaganini ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Adam Stampning bayonotida aytib o‘tilgan.

Hujjatda aniqlashtirilishicha, Pentagonning qo‘shimcha harbiy yordamidan iborat to‘lov aytib o‘tilgan davrda 900 mln. AQSh dollarni tashkil etishi kerak bo‘lgan va uning 500 mln.i Islomobodga o‘tkazib ham berilgan. Biroq «vazirning qaroriga ko‘ra, 2016 moliya yilida Pokistonga qushimcha koalitsion madad fondi ajratilmaydi», deyiladi bayonotda.

2016 moliya yili AQShda o‘tgan yilning 30 sentabrida yakunlangan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid