Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Saudiya, Kuvayt va Qatarga boradi, jiddiy muzokaralar kutilmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23-24 iyul kunlari Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Qatarga tashrif buyuradi. Bu haqda “Anadolu” davlat rahbari matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.
Prezident matbuot xizmatidan aytilishicha, Erdo‘g‘anning kun tartibidan Qatar bilan bog‘liq vaziyatga yechim topish bo‘yicha muzokaralar o‘rin olgan.
Turkiya rahbari Jiddada Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud, shuningdek, qirollik valiahd shahzodasi, bosh vazir va mudofaa vazirligi rahbari Muhammad bin Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud bilan muzokaralar olib boradi.
Kuvaytda esa Erdo‘g‘an amir shayx Saad al-Abdulla as-Salom as-Saboh bilan ko‘rishadi. Qatarda davlat amiri shayx Tamim bin Xamad Al Taniy bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 25.06.2026