Seul: KXDR iqtisodiyoti sanksiyalarga qaramay tez sur'atlarda rivojlanmoqda
Shimoliy Koreya iqtisodiyoti 2016 yilda so‘nggi 17 yil ichida eng tez rivojlanish ko‘rsatkichiga erishdi. Janubiy Koreya Respublikasi Markaziy bankining 17 iyulda bergan bayonotiga ko‘ra, mamlakat yadro qurollari dasturiga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalarga qaramay, shunday natijaga erishgan. Bu haqda dailysabah.com nashri yozmoqda.
KXDR Yalpi ichki mahsuloti 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 3,9 foiz o‘sgan. 2015 yilda yilning qurg‘oqchil kelishi va xom ashyo narxining arzonligi KXDR iqtisodiyotiga zarar keltirgan, deyiladi Koreya banki xabarida.
Asosiy savdo hamkori Xitoy davlati hisoblangan Shimoliy Koreya, shuningdek, eksport miqdorini 4,6 foiz oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, tog‘-kon va elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasi katta natijalarga erishmoqda.
2016 yilda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad esa 1,136 dollarni tashkil etgan. Bu Janubiy Koreyadagi raqam bilan taqqoslaganda atigi 5 foizga kamdir.
KXDR iqtisodiy ko‘rsatkichlariga doir ma'lumotlarni oshkor qilmaydi. Janubiy Koreya Markaziy banki 1991 yildan buyon turli hukumat agentliklari, xususan, Janubiy Koreya Birlashish vazirligi hamda Milliy razvedka xizmati ma'lumotlariga tayangan holda shunday hisobotlarni yuritadi.
2016 yil yakunlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya umumiy tashqi savdosining 92,5 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
Biroq bu yil KXDR iqtisodiyoti o‘tgan yilgi natijani qaytara olmasligi mumkin. Bunga Xitoy tomonining ushbu mamlakatdan ko‘mir importini taqiqlashga qaror qilgani sabab bo‘ladi.
Umuman, 2016 yilda Shimoliy Koreya yalpi ichki mahsuloti 28,50 mlrd dollarga teng. Janubiy Koreyaning o‘tganyilgi bu boradagi ko‘rsatkichi 1,34 trln dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:09 / 01.11.2024
KXDR Rossiyani «muqaddas urushda» qo‘llab-quvvatlaydi – KXDR tashqi ishlar vaziri
09:50 / 01.11.2024
AQSh Janubiy Koreyani yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor
08:50 / 01.11.2024
AQSh: KXDRning 8 mingga yaqin askari Ukrainada jang qilishga tayyor
02:02 / 01.11.2024