Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Doha blokadaga bardosh berish uchun yetarli zaxiralarga ega ekani ma'lum qilindi
Doha hozirgi blokadaga bardosh berish uchun yetarli resurslarga ega, biroq Qatar mojaro tezroq hal etilishidan manfaatdor. Bu haqda amirlikning Rossiyadagi elchisi Fahod Muhammad al-Attiya RIA Novosti’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Qatarda hozir sharoit va holatda yashashda davom etish uchun resurslar bor. Bu blokada tashabbusi bilan chiqqan davlatlar xalqaro normalarni bajarishga o‘tmaguncha yuz berishi mumkin... Biz uchun shunisi aniqki, vositachi – Kuvayt – o‘z sa'y-harakatlariga xalqaro qo‘llab-quvvatlovga ega, hamda biz mojaro tezroq hal etilishidan manfaatdormiz. Uni cho‘zishni istamaymiz, sababi har ikki tomondagi insonlar uchun bu vaziyat juda katta ziyon keltirdi", - dedi elchi.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Qatar “tez orada qonuniy jarayonlarga o‘tadi”, bu blokada tashkilotchi davlatlari “hech qanday konstruktiv harakatlarni qilmasa va vositachilik muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topsa, ro‘y beradi”.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026