Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Asad harbiylari kimyoviy qurol qo‘llamayapti
Suriya hukumat kuchlari AQSh Shayrat aviabazasiga zarba berganidan so‘ng kimyoviy qurol qo‘llamadi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlar shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general Jozef Danford ma'lum qildi.
«Asad agar o‘z mamlakati fuqarolariga qarshi kimyoviy qurol qo‘llasa, oqibati yomon bo‘lishi haqida aprelda aniq-tiniq signal olgandi. Shundan beri u bunday quroldan foydalanmagan», — deya Danfordning so‘zlarini keltirgan RIA «Novosti».
Bundan oldinroq Germaniyaning Die Welt nashri Suriya rasmiylari iyulda bir necha bor o‘z aholisiga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llagani, jumladan, Gutada va Damashq yaqinidagi Ayn-Tarma aholi punktida zaharlovchi moddalar ishlatgani haqida xabar tarqatgandi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyaning Idlib shahrida 4 aprel kuni kimyoviy hujum kuni amalga oshirilgandi. Bu hujum oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi.
7 aprel kuni AQSh Suriya hukumatini mazkur hujumda ayblab chiqdi va suriyaliklarning Shayratdagi aerodromiga 59ta «Tomagavk» qanotli raketalari bilan zarba berdi.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026