Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yildan sug‘urta kompaniyalari nizom jamg‘armalari kengaytiriladi
O‘zbekiston 2018-2020 yillarda bosqichma-bosqich ravishda sug‘urta kompaniyalari nizom jamg‘armasidagi eng kam miqdorga bo‘lgan talabni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Moliya vazirligi ishlab chiqqan va normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga qo‘yilgan mamlakat moliya bozorini o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish Kontseptsiyasida shu haqda so‘z boradi.
Hujjatda qayd etilishicha, 2018-2020 yillarda sug‘urta kompaniyalar nizom jamg‘armalarining eng kam miqdori hajmi oshiriladi. Bunda sug‘urta faoliyat turlari e'tiborga olinadi.
Loyihaga ko‘ra, 2018 yil 1 iyuldan e'tiboran umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining nizom jamg‘armasi 2,5 mln yevro (hozir 1,5 mln yevro) miqdoridagi mablag‘ga teng bo‘lishi kerak. 2020 yil 1 iyuldan bu raqamni 4 mln yevroga yetkazish talab etiladi.
Hayotni sug‘urtalovchilar uchun ham bu miqdor 2018 yl 1 iyuldan boshlab 2,5 mln yevroni, 2020 yil 1 iyulidan 4 mln yevroni tashkil etadi.
Majburiy sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun eng kam nizom jamg‘armasi 2018 yil 1 iyulidan 4,5 mln yevro (hozir 3 mln yevro), 2020 yil 1 iyulidan 6 mln yevro etib belgilash rejalashtirilgan.
Faqat qayta sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar 2018 yil 1 iyulga kelib nizmo jamg‘armasini 6 mln yevro (hozir ham 6 mln yevro)ga, 2020 yil 1 iyulda 8 mln yevroga yetkazishlari kerak.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026