Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 davlat harbiylari ArIG-2017 xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib keldi
Xalqaro Armiya o‘yinlari-2017 musobaqasining Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan bosqichida ishtirok etish uchun 22 xorijiy davlat qurolli kuchlarining 1238 nafar vakili Rossiyaga yetib kelishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan, «Tank biatloni, «Harbiy-tibbiy estafeta», «Harbiy razvedka a'lochilari», «Dala oshxonasi» tanlovlarida qatnashuvchilar orasida O‘zbekiston, Ozarboyjon, Angola, Armaniston, Belorussiya, Venesuela, Zimbabve, Misr, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuvayt, Laos, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Serbiya, Tojikiston, Uganda, JAR harbiylari bor.
Harbiy texnikalar musobaqalar joyiga 13ta eshelon vositasida keltirilgan.
ArMI-2017 29 iyuldan 12 avgust sanasigacha o‘tkaziladi. O‘yinlar chog‘ida 28 ta xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Ularning 5 tasi birinchi marta tashkil etilmoqda. «Jangovar uchuvchi qurilmalar musobaqasi», «Hamdo‘stlik jangchisi», «Tartib saqlovchi», «Yo‘l patruli», «Harbiy poyga» shular jumlasidan.
Umuman, ArMI-2017 5 davlat: RF, Ozarboyjon, Belorussiya, Qozog‘iston va XXRda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026