21:17 / 24.07.2017
13795

Hindistonda quyosh panellariga ega ilk poyezd ishga tushirildi (foto)

Hindistonda DEMU (Diesel Electric Multiple Unit) deb nomlangan, quyosh panellari bilan jihozlangan ilk poyezd ishga tushirildi. Poyezd loyihasi Indian Railways davlat kompaniyasi tomondan amalga oshirilgan, uning ishga tushirilishida Hindiston temir yo‘llar vaziri Shri Suresh Prabxu Prabxakar ishtirok etgan.

Poyezd Safdarjung stansiyasidan jo‘nagan va Nyu-Dehliga aylana yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Unda tomda joylashgan quyosh panellariga ega 6 ta vagon bor. Poyezd dizel dvigatellar yordamida harakatlanadi, biroq undagi elektr asboblar, boshqaruv tizimi, eshiklarni ochish-yopish tizimi va axborot tablosi quyosh batareyalari ishlab chiqargan elektr energiyadan ta'minlanadi. 

Bitta vagonda 16 ta quyosh plastinasi joylashgan bo‘lib, ulardan har birining quvvati 300 Vt ni tashkil qiladi. Tungi vaqt elektr ta'minoti akkumulyatordan olinadi. Kompaniya ma'muriyati bayonotiga ko‘ra, bunday poyezd bir yilda 21 ming litr dizel yoqilg‘isini tejaydi va bunda tejamkorlik 21 ming dollarni tashkil qiladi. Quyosh panelli bir vagonning qurilmasi 14 ming dollar turadi. Poyezd 80 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. 

Poyezdning ishga tushirilishi Hindiston temir yo‘llari vazirligining ekologik vaziyatni yaxshilash va zararli chiqindilarning atmosferaga chiqarilishini kamaytirish davlat dasturining bir qismi hisoblanadi. Dastur poyezdlarda bioyoqilg‘i, shamol energiyasi, suvning siklik ishlatilishi, biotualetlar o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, davlat transport tarmog‘i 2020 yilgacha quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarilishini 1000 MVt gacha, 2025 yilda esa 5000 MVt gacha oshirishni rejalashtirgan. 

Top