Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda odam savdosi qurboniga aylangan ikki ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Pokistonga ishlash maqsadida borgan va odam savdosining qurboniga aylangan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol 20 iyul kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Lahor-Toshkent reysi bilan vatanga qaytarildi.
«Ular yaqindagina voqea joyidan qochib, O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasiga murojaat qilishga muvaffaq bo‘ldi», deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo‘yicha federal byurosi ko‘magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasdan vatanga qaytishlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.
O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi fuqarolarni chet elga chiqishdan oldin xorijiy davlatning tegishli qonunchiligini e'tibor bilan o‘rganishga hamda qat'iyan qonun doirasida harakat qilgan holda ish qidirishga va ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
17:36 / 25.05.2026