Jamiyat | 15:15 / 26.07.2017
5587
2 daqiqa o‘qiladi

Bankdan dollar olib berishni va'da qilgan firibgar fuqaroni chuv tushirdi

Nasibjon Umarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ilgari ham firibgarlik qilgani uchun sudlangan edi. U bundan xulosa chiqarish o‘rniga, yana firibgarlikka qo‘l urdi. Bu safar o‘ziga har doim yordam qo‘lini cho‘zgan Malohat Mamatovaga firib berdi. Aslida Nasibjon zarur hollarda bu ayoldan har doim pul qarz olardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

-  Bankda tanishlarim bor, mabodo, sizga dollar kerak bo‘lib qolsa, olib beraman, - dedi N.Umarov so‘nggi bor ko‘rishganlarida.

Bu gap Malohatga ma'qul kelib, darhol rozi bo‘ldi.

-  Menga hozir ming dollar kerak edi. Rostdan tanishingiz bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi.

Malohat unga ishondi va 1000 AQSh dollariga mo‘ljallab, 3 mln. 350 ming so‘mni tutqazib yubordi.

Shu bilan va'daboz Nasibjon g‘oyib bo‘ldi. Uni kutishdan va qidirishdan charchagan Malohat Mamatova bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozdi.

Sud Nasibjon Umarovni aybdor, deb topdi. U ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosiga tortildi. Shuningdek, undan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid