Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: AQSh sanksiyalariga javob choralari to‘g‘risidagi qarorni Putin qabul qiladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQShda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish haqida qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, javob choralari haqidagi qarorni mamlakat prezidenti Vladimir Putin qabul qiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» yozmoqda.
«Tashqi siyosat sohasida qarorni Rossiya Federatsiyasi prezidenti qabul qiladi. Agarda, u qabul qilinsa, bu haqda sizga xabar beramiz», - dedi Peskov Federatsiyalar kengashi a'zosi Konstantin Kosachevning bayonoti haqidagi savolga javob qaytarib.
Shuningdek, Peskovning aytishicha, senatorlar hamda deputatlarning bu mavzu yuzasidan bayonotlarini tushunsa bo‘ladi, sababi gap Rossiyaga nisbatan nodo‘stona kayfiyatlar haqida bormoqda.
Avvalroq Rossiya Federatsiyalar kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev AQSh kongressida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ovoz berish jarayoni, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda hech qanday yaxshilanish bo‘lmasligini anglatishi haqida ma'lum qildi.