Jamiyat | 19:49 / 26.07.2017
35699
2 daqiqa o‘qiladi

Uy xo‘jaligi sharoitida chorvachilikdan olingan daromad soliqqa tortiladimi?

SAVOL: Biz o‘z hovlimizda ko‘p yillardan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanib, daromad olamiz. Mazkur daromadlarimizga soliq solinadimi?

Tilak OBRO‘YeV,

Toshkent viloyati

JAVOB: Soliq kodeksiga ko‘ra, uy xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni tirik yoki so‘yib sotganda sanoatda qayta ishlashdan tashqari xom yoki qayta ishlangan holda olingan daromadlar, chorvachilik, dehqonchilik, asalarichilik mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solishdan ozod qilinadi. Mazkur holatda tegishli mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan shu shaxsga yoki uning oila a'zolariga ajratilgan yer uchast­kasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etilgan holatda soliq solishdan ozod etiladi.

Savolga Bektemir tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh yuriskonsulti

Behzod NOSIROV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid