21:26 / 26.07.2017
12029

O‘zbekiston konvertatsiyani joriy qilishda xorijdan kreditlarni jalb etmaydi

O‘zbekiston valyuta bozorini liberallashtirishda xalqaro moliyaviy institutlar kreditlarini jalb etmaydi. Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan sessiyada ishtirok etgan Moliya vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev shunday bayonot berdi.

Mirzayevning qayd etishicha, aslida qoidaga ko‘ra, valyuta bozorini liberallashtirishni rejalashtirgan hukumat uchun 3 oylik importga yetadigan zaxira mablag‘i bo‘lishi yetarlidir. O‘zbekistonning bu boradagi zaxirasi 2 yillik import qiymatiga to‘g‘ri keladi. 

Bunda, uning qo‘shimcha qilishicha, Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma valyuta islohoti davomida inflyatsiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashadi. 

U Jamg‘arma 100 mln dollar qiymatiga teng ekanini aytar ekan, bu mablag‘lar birinchi galda zarur bo‘lgan mahsulotlar narxini bir maromda ushlab turish uchun ishlatiladi.

Top