Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh matematiklar xalqaro olimpiadada 9 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Bolgariyadagi “Chegara bilmaydigan matematika” xalqaro musobaqasida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa “Chegara bilmas ta'lim” Pedagogika assotsiatsiyasi (Bolgariya) va “Innovation” ta'lim markazi (Qozog‘iston) tomonidan tashkil etildi.
Finalda jahonning 11 davlatidan bo‘lgan 1200 dan ortiq 1-12 sinf o‘quvchilari qatnashdi.
Shaxsiy musobaqalar davomida o‘quvchilar atigi 60 daqiqa ichida 20 ta matematik masalani yechishdi.
Shaxsiy musobaqalar natijalari:
Oltin – Inoyatova Nigina (3 sinf);
Kumush – Karetnikov Vladimir (2 sinf);
Bronza – Mustafin Marat (1 sinf), Mirzayev Axat (2 sinf), Sharifxo‘jayev Amir (4 sinf), Obidjonova Samina (4 sinf).
Jamoaviy musobaqalar natijasi:
Kumush - Muhitdinova Anora, Sharifxo‘jayev Amir, Zohidova Farangiz (4 sinf)


Mavzuga oid
08:47 / 13.06.2026
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
11:16 / 16.02.2026