Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Klichko bilan birga mashq qilish 5 ming yevroga sotildi
Xayriya kimoshdi savdosida Kiyev hokimi Vitaliy Klichko bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazish deyarli 5 ming yevroga sotildi. Bu haqdagi ma'lumotlar Ukraina davlat xaridlari saytida e'lon qilindi.
Ta'kidlanishicha, mablag‘lar bolalar klinikasi uchun sun'iy havo yetkazib berish qurilmalarini sotib olishga sarflanadi.
«Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh va yangi muvaffaqiyatlar uchun quvvat bor. Shuning uchun Kiyev hokimi Vitaliy Klichko har kuni ertalab mashg‘ulot o‘tkazishga harakat qiladi. Hamda sport mashqlari bo‘yicha sirlari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu lot uchun olingan barcha pullar neyrojarrohlik Institutining bolalar klinikasiga sun'iy havo berish qurilmalarini sotib olish uchun sarflanadi», - deyiladi lot matnida.
Mavzuga oid
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026
Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in yuz berdi
15:50 / 24.05.2026