Jahon | 11:21 / 27.07.2017
25871
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik admiral: Tegishli buyruq berilsa, Xitoyga yadro zarbasi berishga tayyorman

Foto: U.S. Navy/ Matt Brown

AQSh Tinch okeani floti qo‘mondoni Skott Sviftning ma'lum qilishicha, Xitoyga kelasi hafta yadro zarbasi berishga tayyor. Buning uchun Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tegishli buyruq berishi lozim, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

Svift AQSh va Avstraliyaning qo‘shma harbiy mashqlaridan so‘ng Avstraliya universitetida xavfsizlik bo‘yicha anjumanda chiqish qildi. O‘quvchilardan biri undan agarda AQSh prezidenti tegishli buyruq bersa, kelasi hafta XXRga yadro zarbasi berishga tayyormi, deb so‘ragan. Bunga javoban esa Svift: “Javob - ha” degan.

Admiralning ta'kidlashicha, AQShdagi har bir harbiy xizmatchi bosh qo‘mondon buyruqlariga bosh egish haqida qasamyod qabul qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid