22:43 / 27.07.2017
5179

Facebook kapitallashuvi birinchi marta 500 mlrd dollardan oshdi

foto: REUTERS

Facebook’ning bozordagi kapitallashuvi 27 iyuldagi savdolar vaqtida birinchi marta 500 mlrd dollardan oshdi, deb xabar bermoqda Nasdaq ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda CNNMoney nashri.

Toshkent vaqti bilan soat 21:50 ga Facebook aksiyalari bir oz arzonlashib, uning kapitallashuvi 500 mlrd dollardan kamaydi. Bu vaqtga ko‘ra, kompaniya aksiyalari bir donasi uchun 171,5 dollardan sotilgan. Shu vaqtda kompaniya kapitallashuvi 496,89 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

26 iyulda Amazon onlayn-reteyleri kapitallashuvi ham 500 mlrd dollardan oshgandi. 27 iyulda ham kompaniya aksiyalari qimmatlashishda davom etdi, Amazon asoschisi Jyeff Bezos esa Forbes nashri talqiniga ko‘ra dunyoning eng badavlat odamiga aylandi.

Bungacha faqat uchta texnologik kompaniyagina 500 mlrd dollardan ko‘proq kapitallashuvga ega bo‘lgan. Bular: Apple (798 mlrd dollar), Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi (667 mlrd dollar) va Microsoft (571 mlrd dollar). 

Mavzuga oid
Top