O‘zbekiston | 23:01 / 28.07.2017
5227
2 daqiqa o‘qiladi

22 nafar davlat xizmatchisi Koreyada axborot texnologiyalari bo‘yicha ta'lim olib qaytadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat idoralarida xizmat qilayotgan 22 nafar mutaxassis "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish" mavzusidagi ixtisoslashgan o‘quv-kursida tahsil olish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

29 iyuldan boshlab, sal kam bir oy davom etadigan o‘quvlarda axborot texnologiyalari bilan birga, moliya, soliq, adliya sohalarida, shuningdek, «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishadi. 

Koreya Respublikasining Milliy axborot jamiyati (NIA) hamda Koreya xalqaro kooperatsiya (KOICA) agentliklari ko‘magida tashkil qilinayotgan o‘quvlarda Koreyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokchilarga jamiyatni axborotlashtirish, "elektron hukumat" tizimini shakllantirish va uning me'yoriy-huquqiy asosini yaratish, ijtimoiy va interaktiv xizmatlarni joriy qilishda AKT hamda yangicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish, "aqlli shahar" platformasini ishlab chiqish, elektron sud tizimining o‘ziga xosliklari kabi mavzularda ma'ruza qilishadi.

Shuningdek, ishtirokchilar Koreya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Seul transport boshqaruvi va axborot tizimi muassasasiga, BigData markazlariga, axborotlashgan maxsus hududlarga tashrif buyurishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid