Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar BMTni Fors inqirozini hal etishda yordam berishga chaqirdi
Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdurrohman At Taniy Birlashgan Millatlar Tashkilotini Fors ko‘rfazidagi inqirozni hal etishda yordam berishga chaqirdi. U "arab mamlakatlari to‘rtligi"ni — Doxani qamal qilish tashabbuskori sifatida xalqaro huquqni buzishda aybladi. Bu haqda "Al-Jazira" telekanali xabar qilmoqda.
Vazirning fikricha, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr o‘jarlik namoyish qilib, inqirozga barham berish borasida qadam tashlamayapti.
"Xavfsizlik kengashi, Bosh Assambleya va BMTning barcha mexanizmlari bunda rol o‘ynashi kerak", — degan vazir BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh bilan vaziyatni muhokama qilganidan so‘ng.
Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Lyu Tszei, o‘z navbatida, Xavfsizlik kengashi rasmiy so‘rov bo‘lsa, ushbu masalani o‘rganib chiqishini bildirdi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026