Iste'foga chiqqan Navoz Sharifning ukasi Pokiston bosh vaziri bo‘ladi

Foto:dawn.com
Pokistonning eng yirik Panjob viloyati rahbari Shohboz Sharif nomzodi hukmron “Pokiston Musulmon ligasi” partiyasinig 4 soatlik norasmiy majlisida tasdiqlandi. Kengashni partiya rahbari va Vazirlar mahkamasining sobiq raisi Navoz Sharif olib bordi, deb yozmoqda Dawn nashri.
Shohboz Sharif bosh vazirlik lavozimini egallashi uchun Panjob viloyat assambleyasida deputatlik kursisidan voz kechishi kerak. Shundan so‘ng, parlament quyi palatasi Milliy assambleya saylovoldi jarayonida qatnashadi. Buning uchun “Pokiston Musulmon ligasi”ning Milliy assambleyadagi a'zolaridan biri, an'anaga ko‘ra, o‘z xohishi bilan deputatlikni tark etadi.
Shohboz Sharif nomzodi parlamentga saylangudek bo‘lsa, uning nomzodi partiya nomidan bosh vazirlikka ilgari suriladi. Sharifning g‘alabasi partiyaning mutlaq ustunligi e'tiborga olinsa, ta'minlanishi shubhasiz. Qayd etilgan jarayonlar 45 kun davom etadi.
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif mamlakat Oliy sudi uni korrupsiyada ayblanayotgani sababli lavozimiga noloyiq deb topgani sababli iste'fo bergan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi

20:54 / 12.05.2025
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi

16:57 / 12.05.2025
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi

10:06 / 12.05.2025