23:49 / 29.07.2017
7976

Ochiq muloqotlar sabab huquqbuzarliklar 8,5 foizga kamaygan

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sanaladi. O‘z haq-huquq va majburiyatlarini yaxshi bilmaydigan, faqat qorin qayg‘usida yuradigan, bir-ikki so‘m topib, yo to‘y qilish yoki avtomobil sotib olish maqsadini ustuvor deb biladigan odamlar bilan, aniqki, “fuqarolik jamiyati” degan yuksak cho‘qqini zabt etib bo‘lmaydi. Bunda, albatta, manfaatdor tashkilotlar tomonidan olib boriladigan ishlarning ham ahamiyat katta.  

 Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi tizimida bu borada qator amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, har haftaning payshanba kunida o‘tkazilayotgan profilaktika kunlarining samarasi yaqqol sezilmoqda. 

Respublika Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi joriy yilning 27 iyul kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “Al-Sog‘uniy” mahalla fuqarolar yig‘inida “O‘z uyingni o‘zing asra” mavzuida davra suhbat tashkil etdi. Unda mutasaddi rahbarlar, mahalla aholisi, faollar va yoshlar ishtirok etdi.  

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, tinchlik asrash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha keng hamkorlikdan manfaatdorlik tushuntirildi. Kerakli tavsiyalar berildi. Aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. 

Tadbirda qatnashgan Respublika Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar inspektori Uchqun Xudoyorovning ta'kidlashicha, tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar natijasida huquqbuzarliklarning 8 yarim foizga kamaygan. 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktikasi inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini, qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikning darajasi haqidagi ma'lumotlarni aholiga yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan keng hamkorlik qilib kelmoqda. 

Tadbirda so‘nggida ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Top