Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqning Kobuldagi elchixonasiga hujum uyushtirildi, terrorchilar yo‘q qilingan
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining ma'lum qilishicha, Kobuldagi Iroq elchixonasiga hujum uyushtirilgan. Bunda ishtirok etgan to‘rt shaxs yo‘q qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bir terrorchi o‘zi sodir etgan portlash sabab halok bo‘lgan bo‘lsa, yana uch nafari otishma chog‘ida o‘ldirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlarni yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot taxminan to‘rt soat davom etdi.
Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, hujum natijasida bir kishi jarohat olgan. Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Najib Donishning ma'lum qilishicha, elchixona binosining derazalari singan, bir necha xonaga zarar yetgan.
Avvalroq Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilari harbiy bazaga hujum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026