Jahon | 00:06 / 31.07.2017
35476
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Qatarning haj ziyorati bo‘yicha talabini “urush e'lon qilish” deb atadi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Qatarning musulmonlarning Makkaga haj ziyoratini baynalmilallashtirish haqidagi talabi qirollikka qarshi “urush e'lon qilinishi” hisoblanishini aytdi. Bu haqda  Al Arabiya xabar berdi. 

“Qatarning muqaddas joylarni baynalmilallashtirish talabi tajovuzkorlik va qirollikka qarshi urush e'lon qilish hisoblanadi”, deb aytdi al-Jubayr.

Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni muqaddas joylarni baynalmilallashtirish ustida ishlayotgan istalgan mamlakatga javob berishga haqli. 

Shu bilan birga Qatar bunday talabni qo‘yganining hech qanday rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Biroq Qatar Ar-Riyod Makkaga haj safarini siyosiylashtirganini eslatib o‘tgan, vaholanki islom boshqa dinlar kabi muqaddas joylar va hajni o‘tkazishda siyosat yo‘qligini nazarda tutadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid