Jahon | 00:42 / 01.08.2017
4402
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Turkiyadagi qochqinlar uchun saytni ishga tushirdi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Turkiyadagi 3 milliondan ko‘proq qochqinga mo‘ljallangan Help (Yordam) deb nomlangan saytni ishga tushirdi.

Xabarda aytilishicha, sayt 4 ta til – turk, ingliz, arab va forsiyda yuritiladdi. 

Boshqarmada eslatilishicha, Turkiyada 3 mln suriyalikdan tashqari, boshqarmada qayd qilingan boshqa davlatlardan 300 ming kishi boshpana olgan.

Bu qochqinlarning ko‘pchiligi, jumladan 90 foizdan ko‘proq suriyalik qochqinlar Turkiyaning 81 ta qishloq joylarida joylashtirilgani hisobga olinsa, yangi sayt boshqarmaning qochqinlarga yetib borishini kengaytirishda ko‘mak beradi.

Yangi sayt boshqarma tomondan boshqariladi. Ayni vaqtda saytda boshqarmaning Turkiyadagi faoliyati haqidagi materiallar joylashtirilmoqda va qochqilar bo‘yicha ma'lumotlar yangilab turilibdi. 

“Boshqarma sayti qochqinlarga yetib borish va ular bilan aloqa o‘rnatishni yaxshilaydi. Sayt qochqinlarga Turkiyada qochqinlar ahvoli haqidagi dolzarb ma'lumotni taqdim qiladi va ularga bu ma'lumotlar haqida boshqa muhojirlar bilan o‘z vaqtida bo‘lishishga imkon beradi», deb aytgan boshqarma vakili Paolo Artini.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid