Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston parlamenti sobiq neft vazirining bosh vazir etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi
Pokiston milliy yig‘ini 1 avgust kuni ko‘pchilik ovoz bilan sobiq neft va tabiiy zaxiralar vaziri Shohid Haqon Abbosiyni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda palata spikeri Sardor Ayoz Sodiq ma'lum qildi.
Abbosiy 221 ta ovoz to‘plagan. Abbosiy a'zosi hisoblanuvchi Pokistonning hukmron partiyasi – Pokiston musulmon ligasi parlament quyi palatasidagi 342 ta o‘rindan 188 tasini nazorat qiladi. Bundan tashqari, Abbosiy nomzodiga partiya ittifoqdoshlari ham ovoz bergan.
Abbosiyning g‘alabasini muxolifat yagona nomzodni qo‘ya olmagani yengillashtirgan. Hammasi bo‘lib 5 nomzod qo‘yilgan.
Abbosiy bosh vazir lavozimida Pokiston musulmon ligasi yetakchisi Navoz Sharifning o‘rnini egallaydi. O‘tgan haftada mamlakat oliy sudi aksilkorrupsiya tergovi natijalariga ko‘ra Sharifni bu lavozimdan chetlatgandi. Abbosiy mamlakat prezidenti Mamnun Husayn oldida qasamyod qeltirgach, boosh vazir lavozimiga rasman kirishadi. Bu 1 avgust kechki vaqt bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi bosh vazir bu lavozimni vaqtinchalik – parlamentga saylovlar davomida Sharifning vorisi – uning ukasi Shahboz Sharif saylanmaguncha, ya'ni yarim oycha egallaydi. Hokimiyat topshirilishining bunday sxemasi partiya rahbariyati tomondan kelishilgan va shaxsan Navoz Sharif tomondan ma'qullangan. Shahboz Sharif esa ayni vaqtda Panjob viloyati rahbari hisoblanadi. U bosh vazir bo‘lishi uchun Milliy yig‘in deputati bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026