Sport | 20:55 / 02.08.2017
11943
1 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» o‘z safiga nigeriyalik hujumchini qo‘shib oldi

Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati

Toshkentning «Lokomotiv» klubi davralar oralig‘ida o‘z safini nigeriyalik futbolchi bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Minsk shahrida tashkil etilgan xorij yig‘inida ishtirok etgan nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva yig‘in mobaynida bir qator gollar kiritib, o‘zidan ijobiy taassurot qoldira oldi.

Harakatlari jamoamiz murabbiylar shtabiga ma'qul kelgan 18 yoshli iste'dod egasi bugun «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi va «temiryo‘lchi»ga aylandi», deyiladi klub rasmiy sayti bayonotida.

Ta'kidlash joiz, Olabiran Blessing Muyiva joriy mavsumning ilk davrasini Moldovaning «Saksan» klubi tarkibida o‘tkazdi. «Saksan» safida 10 ta uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi bir bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavzuga oid