Özbekistondagi klub rahbarlari bilan gaplaşiş uçun yumşoq qilib aytganda, omadli odam böliş kerak. Ammo «Lokomotiv»dagi işlarni nazorat qiluvçi klub boş menejyeri Tölabek Akramov doim savollarga javob berişga tayyor. U bilan navbatdagi intervyuni kelişiş ham qiyin keçmadi. Böladigan gapni gapirişga odatlangan Tölabek Akramov bizning savollarimizga ham oçiq va dangal javob berdi.

Zamonaviy özbek futbolining eng zamonaviy menejyerlaridan bölgan Akramov bilan «Lokomotiv» haqidagi barça mavzularda oçiq suhbatlaşdik. Avvalo klubning oxirgi vaqtlardagi muvaffaqiyatsiz öyinlari haqida söradik. Akramovning aytişiça, bunga miş-mişlardagi kabi pul sabab emas. Ayni damda klubda moliyaviy muammo yöq va menejyerning aytişiça, bu şunçaki hammada ham bölib turadigan pasayiş.

Tölabek Akramov hamon klubning boş homiysi «Özbekiston temir yöllari» AJ ekani va taşkilot tomonidan ta'minot töxtatilmaganini aytdi. Biroq klub homiyga qarab qolmoqçi emas. Tölabek Akramovga köra, «Lokomotiv» xususiylaşiş yöliga ötdi. Klub öz stadioni va atrofidagi hududni öz mulkiga aylantirgan.

Suhbatdoşimiz nega Andrey Fyodorov yana jamoaga qaytganini tuşuntirdi. Uning aytişiça, yangi murabbiy tanlaş uçun köp vaqt bölmagan va bu vaqt davomida futbolçilarni yaxşi biladigan murabbiyni tanlaş kerak bölgan. Rahbariyatda RPLda işlagan murabbiylar varianti ham körib çiqilgan. Şuningdek, milliy jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurar Maksim Şatskix varianti ham bölgan. Ammo turli xil muammolar sabab barça variantlar rad etilgan va futbolçilar bilan suhbatdan söng Fyodorov jamoaga qaytarilgan. Ularning aksari bu variantga qarşi bölmagan.

Tölabek Akramov suhbat davomida «Lokomotiv»ning tarixsiz jamoa deydiganlarga qarata şunday dedi: «Bizni tarixsiz jamoa deb aytişadi. Lekin bu töğri emas. Jamoamiz 16 yil avval taşkil etilgan. Bu vaqt davomida Özbekiston çempionatida ğolib böldik, kubokni qölga kiritdik, OÇLda çorak finalgaça çiqdik. Klub tarixini biz yozyapmiz», deydi Akramov.

 

«Lokomotiv» boş menejyeri klublarning bir yillik smetasi qança bölişi haqidagi savolga oçiq javob berdi. Uning aytişiça, «Lokomotiv» çempion bölgan mavsumda jamoaning yillik smetasi 16 milliard söm bölgan. Hozir esa çempionlik uçun kuraşişgan bölmasa-da, raqobatbardoş jamoa şakllantiriş uçun 25 milliard söm yetarli ekani aytildi. Akramovning fikriça, «Paxtakor»ning bugungi holatida çempionlik uçun boşqa jamoalarning kuraşişi deyarli imkonsiz.