«Özbekistonda futbol sohasini raqamlaştiriş va ommaviyligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Legionerlar klubi» faoliyati yölga qöyiladi.

«Legionerlar klubi»ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) özbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolçilar va boşqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.

Klub a’zolariga respublikadagi futbol akademiya va maktablari biriktiriladi.

Davlat sport ta’lim taşkilotlarining böş turgan yer uçastkalari keyinçalik nodavlat futbol ta’lim taşkilotlari va futbol klublarini taşkil etiş uçun davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida «Legionerlar klubi» a’zolariga ajratiladi.