15:20 / 03.08.2017
5307

Britaniyalik ota-onalar farzandining suratini ijtimoiy tarmoqda chop etishni xohlashmaydi

Buyuk Britaniyadagi ota-onalar farzandining surati va unga tegishli lavhalarni internetga joylash borasida ikki xil qarashga ega ekani aniqlandi. O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 56 foizi farzandining surat yoki lavhalarini ijtimoiy tarmoqda chop etmasligini aytgan. Shu fikrni bildirgan ota-onalarning 87 foizi bunday xulosaga bir omilga ko‘ra kelgan: ular farzandining hayoti shaxsiy qolishi kerak, deb hisoblaydi.

Shunga qaramay, respondentlarning 42 foizi bir oyda bir marta bo‘lsa ham farzandining suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishini bildirgan. Ayni paytda, ijtimoiy media saytlarning rivojlanib borishi bilan «ulashish» trendi ham ommaviylashib bormoqda. Jumladan, Bekhemlar oilasi kabi sportchi va artistlar shular sirasidandir. Ofcom tayyorlagan hisobotda yozilishicha, bunday ota-onalarning 52 foizi ayni harakatlaridan farzandlari ham mamnun ekanini aytgan.

Shuningdek, ota-onalar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar ham o‘rganilib chiqilgan bo‘lib, ularning 72 foizi Facebook'dan foydalanadi. Eng tez rivojlanayotgan platformalar sifatida Whatsapp, Instagram va Snapchat keltirilgan.

Top