Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada AQShdan kelayotgan muhojirlarni ctadionga joylashtirmoqda
AQShdan Kanadaga boshpana izlab kelayotgan muhojir soni ortib borayotgani sababli Monreal shahrida qad rostlagan Olimpiya stadioni muhojirlar lageriga aylantirildi.
Ularning birinchi guruhi «Chorshanba» (Wednesday) stadioniga avtobuslarda keltirilgan. Oynasiz yopiq maydonga yotoqxonalar joylashtirildi. Asosan Haitidan bo‘lgan muhojirlar keltirilgan bo‘lib, hukumat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilguncha ular shu yerda yashab turishadi.
Davlat tomonidan moliyalashtirilgan Muhojirlarga yordam ko‘rsatish dasturining Kvebek shahar vakili Frensis Dyupisning aytishicha, eng katta ehtimol bilan 450 nafar kishi vaqtincha uy bilan ta'minlab beriladi. Uning tashkiloti iyun oyida 448, o‘tgan oy esa 1174 nafar muhojir amaliy yordam ko‘rsatgan. Ularning o‘ndan to‘qqiz qismi Haiti fuqarolari sanaladi, aksariyati 2010 yil yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida mamlakatini tashlab ketishga majbur bo‘lgan edi.
AQSh bu fuqarolarga «vaqtincha himoyalangan maqom»ini taqdim etgan bo‘lib, agar dastur qayta qo‘llab quvvatlanmasa, 60,000ga yaqin haitiliklar o‘z uylariga qaytishiga to‘g‘ri keladi. Dyupisning aytishicha, lagerlarda joy qolmagan, stadiondagi 450 kishilik maydon ham uzoq muddatga bormay yopilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026