Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik va armanistonlik migrantlar ishtirokidagi ommaviy mushtlashuvning videosi paydo bo‘ldi
Avval xabar berilganidek, Moskvada o‘zbekistonlik va armanistonlik migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
«360» telekanali YouTube’da ushbu mushtlashuv tasvirlangan videoni joylashtirdi.
Rossiya OAVning xabar berishicha, O‘zbekiston va Armanistondan bo‘lgan taxminan 40 nafar migrant-quruvchi yangi Moskvada joylashgan Kommunarkadagi qurilish maydonida mushtlashib ketgan. Mushtlashuv chog‘ida katta bolg‘a, belkurak va armaturadan foydalanilgan.
Mojaro ishchilardan biri tomdan chiqindi tashlashni boshlagani tufayli yuz bergan. Olti fuqaro tan jarohatlarini oldi hamda shifoxonaga olib ketilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026
MIVD: Moskva NATOni mag‘lub etishni emas, bo‘lishni ko‘zlayapti
15:24 / 02.04.2026