Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbekistonlik va armanistonlik migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Yangi Moskvada ikki quruvchilar brigadasi o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvda olti kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti Moskva shahri IIBga asosan xabar berdi.
RIA Novosti’ga huquqni muhofaza qiluvchi idoradagi manbaning avvalroq xabar berishicha, O‘zbekiston va Armanistondan bo‘lgan taxminan 40 nafar migrant-quruvchi yangi Moskvada joylashgan Kommunarkadagi qurilish maydonida mushtlashib ketgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv chog‘ida katta bolg‘a, belkurak va armaturadan foydalanilgan.
"Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlarining aniqlashicha, qurilish obektining ikki brigadasi o‘rtasida mojaro yuz bergan bo‘lib, uning davomida ishtirokchilar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazishgan. Natijada olti fuqaro tan jarohatlarini oldi hamda shifoxonaga olib ketildi", - degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro ishchilardan biri tomdan chiqindi tashlashni boshlagani tufayli yuz bergan. Shuningdek, politsiyadan xabar berishlaricha, ushbu holat bo‘yicha bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026