Hindiston dunyodagi eng mustahkam suv osti kemalaridan birini suvga tushirdi
Hindiston dengiz-harbiy kuchlari dunyodagi eng mustahkam va zamonaviy qurollar bilan jihozlangan INS Kalvari ("Yo‘lbars akula") nomli suv osti kemasini suvga tushirdi.
Skorfin klassidagi dengiz suv osti kemasi ishga tushirilishi tanazzulga uchrab borayotgan Hindiston suv osti kuchlarining qayta "tirilishiga" o‘xshatilmoqda. Bunday kemalarning yana oltitasiga buyurtma qilingan. Bloomberg nashrining yozishicha, bu Xitoyning harbiy suv osti kemalari sonini 60taga yetkazishiga munosib javob bo‘la oladi.
Bundan avval may oyida Xitoyning Yuan klassidagi harbiy suv osti kemasi Hind okeani havzasida aniqlangan edi. Bu harakatlar rasmiy Dehlini sarosimaga solishi turgan gap. Iyul oyida esa Pekin o‘zining Jibutidagi ilk harbiy bazasini ochgan bo‘lib, qarorgoh Hind okeanining g‘arbiy chegarasida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar Butan va Xitoy chegarasida qurilayotgan yo‘l loyihasi tufayli sovuqlashib bormoqda.
Mavzuga oid
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024