Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev san'atkorlarni soliqqa tortish masalasida gapirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
3 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san'at, adabiyot va OAV vakillari bilan uchrashdi. Videoselektor ko‘rinishidagi ushbu uchrashuvda sohalardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilishi bo‘yicha ham o‘z fikrini bildirgan.
Prezident o‘zbek estrada xonandalari boshqa mamlakatlardagi kabi topgan daromadidan soliq to‘lamasligi, faqat bir yillik litsenziyaga mablag‘ to‘lashini qayd etib o‘tgan.
«Azbaroyi san'atga bo‘lgan hurmatimiz uchun soliqqa tortmayapmiz ularni. Chunki ular endi harakat qilishsin», - degan Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz saytida shu mavzuda bir necha maqolalar taqdim etilgandi. Jumladan, iyun oyida Shuhrat Shokirjonov muallifligida «Ozodbek Nazarbekov to‘g‘ri gapirdi, lekin...» va «San'atkor soliq to‘lamaydi?! Mavzu davom etadi...» sarlavhali maqolalar shov-shuv keltirib chiqargandi. Keyinroq nashr qilingan «San'atkorlar daromad solig‘i to‘lashdan to‘liq ozod qilindimi?» sarlavhali maqolada davlat soliq qo‘mitasining konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olgan jismoniy shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashi bo‘yicha ma'lumoti taqdim etilgandi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025