Davlat soliq qömitasi konsert-tomoşa faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziya olgan jismoniy şaxslarning jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşi böyiça ma'lumot berdi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi «Kontsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kontsert-tomoşa faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida»gi Nizomning 2-bandiga muvofiq, konsert-tomoşa faoliyatini litsenziyalaş Milliy estrada san'atini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş kengaşi huzuridagi ijodiy kömaklaşuvçi vakillar guruhining xulosalari asosida «Özbekkonsert» estrada birlaşmasi tomonidan amalga oşiriladi.

Mazkur Nizomning 5-bandiga asosan, litsenziya konsert-tomoşa faoliyatining olti reyting guruhlari böyiça beriladi:

a) I, II, III, IV reyting guruhlari berilişi:

  • yakkaxon ijroçi konsertini taşkil etiş (bitta ijroçining yakkaxon konsert dasturi);
  • bitta janrning ikki yoki undan köp ijroçisi iştirokidagi konsert dasturida iştirok etiş;
  • turli janrlar yönalişlarining bir neçta ijroçilari iştirokidagi konsert dasturida iştirok etiş;
  • ommaviy axborot vositalarida qöşiqlar va video kliplar taqdim etiş;
  • töylar, yubileylar va boşqa tantanalarda konsert xizmati körsatiş huquqini beradi;

b) V va VI reyting guruhlari berilişi töy, yubiley va boşqa tantanalarga konsert xizmati körsatiş (restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda töy, yubiley va boşqa tantanalarga xizmat körsatiş), şu jumladan, köngiloçar taşkilotlarda (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda) konsert xizmati körsatiş huquqini beradi.

Lisenziya talabgorining arizasiga köra, litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilişi mumkin.

Nizomning 16-bandiga muvofiq, litsenziya talabgorining litsenziya beriş töğrisidagi arizasi körib çiqilganligi uçun qonun hujjatlarida tölov kunida belgilangan eng kam oylik iş haqining ikki baravari miqdorida (bugungi kunda 299 550 söm) yiğim undiriladi.

Lisenziya talabgori berilgan arizadan voz keçgan taqdirda tölangan yiğim summasi qaytarib berilmaydi.