Jurnalist Şuhrat Şokirjonov qöşiqçilarning soliq tölaşi kerakligi mavzusini yana davom ettirdi va öz pozitsiyasini yanada kengroq bayon qildi. U şu mavzudagi ikkinçi maqolasida birinçi maqoladan keyin bildirilgan e'tirozlarga javoblar qaytargan.

Maqolani savol bilan boşlamoqçiman: 

Özbekiston Qahramoni unvoni nufuzliroqmi yo ayrim artistlarimizning «Özbekiston xalq artisti» unvonimi?

Uruş qatnaşçilari davlat tomonidan körsatiladigan imtiyozga loyiqmi yoki tört muçasi soppa-soğ «xizmat körsatgan artist»larimizmi?

Doimiy parvarişni talab qiladigan farzandi bilan birga yaşab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri kömak va ardoqqa muhtojroqmi yoki biror tayinli qöşiği bölmasa-da, somon qöşilgan «loysuvoq»qa arzimasa-da, özlarini «Somon yöli galaktikasida xizmat körsatgan megayulduz» hisoblovçi «otarçi»lar?

Nega unda soliştirişda birinçi sanalganlar daromadidan soliq tölaşda qisman imtiyozga ega-yu, «Özbekkonsert»ning tegişli litsenziyasini qölga kiritgan barça turdagi san'atkorlar Soliq kodeksiga köra, töy-tomoşalardan topgan daromadlaridan soliq tölaşdan töliq ozod qilingan?

Kuni-keça Kun.uz saytida e'lon qilingan «Ozodbek Nazarbekov töğri gapirdi, lekin...» maqolasi san'atimizning yoş va örta avlod vakillariga murojaat edi. Agar ularni bir futbol jamoasiga qiyoslansa, uning sardoriga murojaat — aslida butun jamoaga murojaat hisoblanganidek, gap faqat Ozodbek Nazarbekov haqida emas edi. Bilamiz, uşbu san'atkorimiz şak-şubhasiz, zamonaviy san'atimizning darğasi hisoblanadi, juda köp narsada aksariyatga örnak bölib kelgan, kelayapti, böla oladi. Maqolaning söngida «gapirmang», deganimda ham u kişi nazarda tutilmagandi. Albatta, O.Nazarbekov, Ş.Qayumov, Ğ.Yoqubov kabi ustoz san'atkorlarning har qança sözga çiqişga haqlari bor. 

Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik öquvçilar maqola mohiyatini notöğri tuşunib, yoppasiga Ozodbek Nazarbekovni tanqid ostiga olişgan, özlariça talqin qilişgan. Yana bir marta takrorlayman, maqola Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov haqida emas. 

Maqola e'lon qilinganidan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi şarhlar orasida «jurnalistlar birovning pulini sanaşi yaxşi emasligi», «otarçilarning soliq tölaşi bilan jurnalist emas, soliq idoralari şuğullanişi kerakligi» haqida özbekona koyişnamo maslahatlaru izohlar ham uçrayapti. Şu narsa oydinlaşayaptiki, litsenziya uçun haqni tölab qöydikmi, soliqdan ozodmiz yoki litsenziya tölovi — öşa soliq degani, deb tuşunuvçilar juda köp ekan.