Jahon | 14:30 / 04.08.2017
5194
1 daqiqa o‘qiladi

Ruandada saylov: 17 yil mamlakatni boshqargan prezident o‘rnida qoladimi?

Bugun, 4 avgust kuni ruandaliklar mamlakat prezidentini saylash uchun saylov uchastkalariga yo‘l olmoqda. Sharqiy Afrikadagi ushbu mamlakatni keyingi 17 yil davomida Pol Kagame boshqarib kelmoqda. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, bu galgi saylovda ham Kagame g‘olib chiqishi kutilmoqda.

Saylov uchastkalari soat 7dan 15gacha faol ishlab turadi. Mamlakatning umumiy 12 million aholisidan 6,8 millionga yaqini ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Prezidentlik saylovi komissiyasida ishlayotgan rasmiylardan biri natija shu kuning o‘zida e'lon qilinishini bildirdi.

Amaldagi prezident Kagame 1994 yili yuz bergan genotsidni yakunlagan muxolifat rahbari bo‘lgan. 2000 yildan prezidentlik lavozimiga kirishgan Pol Kagame mamlakat iqtisodiyotini yaxshilay olishga erishdi, 2005 yilda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi bilan u yana vazifasini davom ettira boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid