Şaharning köplab hududlarida elektr va suv öçirilgan. Isyonçilar hukumat armiyasi askarlariga qurollarni topşirişni buyurib, buning uçun 48 soatlik muddat belgilagan. Otişmalar çoğida halok bölganlar va yaralanganlar borligi haqida xabarlar kelmoqda.

BMT va mamlakat xavfsizlik organlaridagi manbalarga köra, Goma qamalida isyonçilar bilan birgalikda 3-4 ming atrofidagi ruandalik harbiylar ham iştirok etgan. AFP agentligi BMTdagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, yakşanba kuni M23 saflarini kuçaytiriş uçun Goma hududiga qöşni Ruanda davlati armiyasining 1000 ga yaqin askari kelib qöşilgan.

Duşanba kuni BMTdagi ikki manba xabar berişiça, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda harbiylari Goma şahri yaqinidan ötgan çegara çiziğida bir-biriga qarata öt oçgan, Ruanda tomonidan qöllab-quvvatlanadigan isyonçilarning yurişi şu yerdan boşlangan.

BMTning qoçqinlar böyiça agentligi ma’lumotiga köra, 2025 yil boşidan buyon Ruanda bilan çegara yaqinidagi Şimoliy va Janubiy Kivu provinsiyalarida jami 400 000 kişi öz uylarini taşlab ketişga majbur bölgan.

Bu 1996 yildan 2003 yilga qadar vaqt oraliğida ikki vayronkor uruşni boşdan keçirgan mintaqadagi gumanitar vaziyatni yanada oğirlaştirgan.

M23 — qanday guruh?

«23 mart harakati» deb ham tanilgan M23 guruhi — kongolez qöşiniga qarşi qöliga qurol olgan etnik tutsilarning isyonçi guruhidir.

Guruh hozirgi isyonni 2022 yilda boşlagandi. Ular öz harakatlariga Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy qismida tutsilarning oldingi isyoniga barham bergan, 2009 yil 23 martida tuzilgan kelişuvni asos qilib keltirişadi.

Guruh Kongo hukumatini tinçlik kelişuvi şartlarini bajarmaganlikda va mamlakatdagi tutsilarni armiya hamda rahbarlik lavozimlariga integratsiya qilmaganlikda ayblaydi. U şuningdek Kongodagi tutsilarni 1994 yilgi genotsiddagi iştirokidan keyin (öşanda 1 millionga yaqin tutsilar hamda mö’tadil xutular öldirilgan) Ruandadan qoçib ötgan xutular tomonidan asos solingan Ruanda ozodligi demokratik kuçlari guruhidan himoya qilişni ham öz oldiga maqsad qilgan.

2012 yil oxirida M23 ma’lum muddatga Gomani egallab oladi, ammo kelişuv imzolab, şaharni tark etadi. 2013 yilda KDR armiyasi va BMT kuçlari guruhni harbiy mağlubiyatga uçratadi, ammo bir neça yil ötib u yana öz faoliyatini boşlaydi.

2025 yil boşidan isyonçilar yangi hududlarni egallaşga kirişib, Şimoliy Kivu provinsiyasi markazi hisoblangan Gomaga yetib keladii, bu esa minglab kişilar öz uylarini taşlab ketişiga olib keladi.